Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan ICAOning ICAN-2024 tadbiri doirasida Oʻzbekiston delegatsiya Quvayt bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Muzokara natijalariga koʻra, ikki mamlakat oʻrtasida aviaqatnovlar boʻyicha yangi kelishuv imzolandi.
Yangi bitim doirasida ikki mamlakat oʻrtasida har bir tomondan faqatgina bittadan tayinlangan aviakompaniya parvozlarni amalga oshirishi mumkinligi toʻgʻrisidagi cheklov bekor qilindi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi haftalik aviaqatnovlarni har bir tomondan 14 taga yetkazish orqali 28 taga olib chiqiladigan boʻldi.
Shuningdek, belgilangan shaharlar soni boʻyicha cheklovni bekor qilgan holda Oʻzbekistonning barcha aeroportlaridan Quvaytga parvozlarni amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun:
2023-yil davomida Oʻzbekistondan 95 mingdan ziyod aviayoʻlovchilar Quvayt orqali Saudiyaga “Umra” ziyoratiga borgan boʻlib, ularning aksariyati Quvayt hududida qisqa muddatli turizmni amalga oshirgan.
Quvaytdan esa Oʻzbekistonga 1000 ga yaqin turistlar tashrif buyurgan boʻlib, ularning aksariyati qisqa muddatli turizmdan soʻng turli xil maqsadlarda Qirgʻizistonning Oʻsh shahriga chiqib ketgan.