баннер
14 Apr 2025
21:26

    Endi sport maydonchasi qurish uchun aholi ovoz beradi

    Sport 25 Dekabr 2024 1062

    Prezident Farmoni bilan sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar toʻlab borish tartibi takomillashtiriladi.

    “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PQ-226-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi

    Farmonga koʻra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

    • sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar toʻlab borish tartibini takomillashtirish;
    • sport maydonchalari barpo etiladigan mahallalarni aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlash tartibini belgilash;
    • sport maydonchalarini barpo etish va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish;
    • yoshlar siyosati va sport sohasidagi ayrim amaldagi farmon va qarorlardan eskirgan va takrorlanuvchi normalarni chiqarib tashlash hamda huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech