“Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PQ-226-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi

Farmonga koʻra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar toʻlab borish tartibini takomillashtirish;
  • sport maydonchalari barpo etiladigan mahallalarni aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlash tartibini belgilash;
  • sport maydonchalarini barpo etish va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish;
  • yoshlar siyosati va sport sohasidagi ayrim amaldagi farmon va qarorlardan eskirgan va takrorlanuvchi normalarni chiqarib tashlash hamda huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish.