Natijada Yevropadagi issiqxona gazlari miqdorini pasaytirish mumkin. Chunki avtomobillar Yevropadagi issiqxona gazlarining 72 foizini ishlab chiqaradi.
Aniqlik kiritilishicha, bepul ijaradan kuniga toʻrt marta foydalanish mumkin. Shu bilan birga har bir safarning davomiyligi 15 daqiqadan oshmasligi lozim. Yevropaning boshqa davlatlarida ham koʻchalarni avtomobillardan holi qilish va shaharlarni toza saqlash uchun faol choralar koʻrilmoqda.
Masalan, Avstriyaning Insbruk shahrida mashinalar toʻxtash joyini butunlay olib tashlashga qaror qilishdi va Germaniyada haydovchilarga bir yillik yoʻl chiptalari evaziga haydovchilik guvohnomasidan voz kechishni taklif qilishdi.