Bu prezidentning 2025-yil 13-fevraldagi imzolangan qonunda nazarda tutilgan.
Unga koʻra, ushbu qonunning 233-moddaga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, bundan buyon yakshanba har yilgi mehnat taʼtili vaqti uchun haq toʻlashda hisobga olinmaydi. Ushbu yangilik foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun pul kompensatsiyalariga ham tatbiq etiladi.
Bundan tashqari, qonunga kiritilgan yangi oʻzgartirish bilan ish haqi toʻlanmaydigan taʼtilning davomiyligi 12 oylik muddat ichida jami uch oydan oshmasligi kerakligi belgilandi.
Shuningdek, yangi oʻzgartirishga koʻra, 116 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolaning yoki 12 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq bolaning ota-onasi yoki vasiysi uchun ish haqi saqlanmaydigan taʼtil koʻpi bilan 14 kalendar kungacha taʼtil beriladi.
Shu bilan birga, 18 yoshgacha boʻlgan shaxslarga oʻrindoshlik asosida ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar oʻrindoshining asosiy ishi noqulay mehnat sharoitlari bilan bogʻliq boʻlsa, shunday sharoitlardagi ishlarda ishlashga (bundan sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno) ham yoʻl qoʻyilmaydi.








