Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi viloyat sektor rahbarlari tumanning nuroniylar va yoshlari ishtirokida 20 mln metr kub suv yigʻishga moʻljallangan sel-suv omborini tantanali ochilish marosimida tashkil etildi.

Ushbu suv ombor toʻgʻonining balandligi 7 metrga yetkazilib, qiyaligida 20 sm qalinlikda temir-beton yotqizish, favqulodda suv tashlama inshootining kirish va chiqish qismlari qayta qurish ishlari bajarilib, omborning texnik holatini kuzatib borish uchun 48 dona kuzatuv quduqlari va 2 ta qorovulxona binosi qurildi. Toʻgʻon va suv ombor atrofi 3 km uzunlikda tikanli himoya simlar bilan oʻralib, 38 dona yoritish ustunlari oʻrnatildi. Bir soʻz bilan aytganda, zamonaviy va mustahkam koʻrinishga ega boʻldi.

Natijada tumandagi 22 ta qishloqda yashovchi 29 ming aholining tomorqa maydonlari oqar suvga boʻlgan ehtiyoji qondirilishiga, 10 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalariga qoʻshimcha suv berilishiga va 1,6 ming gektar yer maydonlari ishonchli suv bilan taʼminlanishiga zamin yaratildi.