Taʼlimda xususiy sektor uchun keng yoʻl ochib berilgani hisobiga oxirgi sakkiz yilda xususiy bogʻchalar soni 31 mingga, maktablar esa 645 taga yetdi.
Endilikda bogʻcha qamrovi 70-80 foizdan past boʻlgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga yengillik beriladi. Avvalo, bu tumanlardagi bogʻcha va maktablarni boʻsh yerlarida xususiy sheriklik asosida bogʻcha qurishga ruxsat beriladi.
Bunda tadbirkorlardan yer uchun ijara haqi 30-yil davomida undirilmaydi, ularga davlat bogʻchasida har bir bolaga koʻzda tutilgan xarajatning yarmi subsidiya qilib beriladi.
Ushbu tumanlardagi boshqa joylarda bogʻcha tashkil qilaman, degan tadbirkorlarga 7-yil muddatga 5 milliard soʻmgacha 18 foizli imtiyozli kredit ajratiladi, faoliyatini oʻzgartirmaslik sharti bilan yer tekinga beriladi, ularga ijtimoiy soliq 1 foiz boʻladi, tarbiyachilarining maoshi uch yilgacha toʻlab beriladi.