«Lekin barcha diplomatik vakolatxonalarimiz buni toʻgʻri anglab, mavjud imkoniyatlarni toʻliq ishga solyaptimi?
Diplomatik faoliyatni baholashning bitta oʻlchovi bor, u ham boʻlsa – natija!
Shu bois, hozirgi sharoitda elchi degani faqat siyosiy muloqot yurituvchi shaxs emas. Elchi bu – investitsiya va texnologiyalar olib keladigan, yangi eksport bozorlarini ochadigan, transport-logistika yoʻlaklarini ishga soladigan, turistlar oqimini koʻpaytiradigan, qonuniy mehnat migratsiyasi uchun sharoit yaratadigan, eng asosiysi, fuqarolarimiz huquqlarini himoya qiladigan davlat vakilidir», – dedi Prezidentimiz.

Endilikda elchilar faoliyat yuritayotgan davlatdan eksport tushumlari, turistlar oqimi, qonuniy ish joylariga fuqarolarimizni yuborish ular uchun KPI boʻlishi belgilandi.