Endilikda koʻchmas mulk huquqini eʼtirof etish 5 pogʻonali ishonchli tizim asosida amalga oshiriladi

    Koʻchmas mulk huquqini eʼtirof etishda yangi bosqich: 5 pogʻonali ishonchli tizim asosida amalga oshiriladi. Bu haqda matbuot anjumanida Kadastr agentligi direktor oʻrinbosari Mirsaid Mirmaksudov maʼlum qildi.

    1-bosqich: mahallalar chegarasini aniqlash

    • 2024–2025-yillarda 3 799 ta mahalla xatlovdan oʻtkazilishi belgilangan.
    • Yangi uslubiy yondashuv asosida avvalgi xatoliklar takrorlanmasligi uchun huquqiy asoslar mustahkamlandi.
    • Hozirga qadar 2 000 ta mahalla chegarasi aniq belgilandi va “uzkad” tizimiga kiritildi.

    2-bosqich: koʻchmas mulklarni xatlovdan oʻtkazish

    • 3 000 ga yaqin xodim ishtirokida 300 mingdan ortiq obyekt joyida oʻlchandi.
    • Har bir obyekt boʻyicha alohida hujjatlar va yigʻma jildlar shakllantirilmoqda.
    • Ishlar “Xatlov” axborot tizimi orqali olib borilmoqda.

    3-bosqich: “uzkad” tizimiga migratsiya

    • 219 mingdan ortiq obyekt “Xatlov”dan “uzkad” tizimiga oʻtkazildi.
    • “uzkad” — davlat kafolatlagan, yagona axborot tizimi boʻlib, koʻchmas mulk haqidagi barcha maʼlumotlarni oʻzida jamlaydi.

    4-bosqich: obyektlarni “uzkad” tizimida faollashtirish

    • 193 mingdan ortiq obyekt tizimda faollashtirildi.
    • Har bir obyekt uchun 8 bosqichli tekshiruv, 35 turdagi texnik va huquqiy koʻrsatkichlar tizimga kiritilmoqda.

    5-bosqich: huquqlarni eʼtirof etish

    • “Eʼtirof” axborot tizimi orqali 122 ming obyekt muhokamaga chiqarildi.
    • 13 mingdan ortiq obyekt jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
    • 539 obyekt boʻyicha ijobiy xulosalar berilgan boʻlsa,
    • 221 obyekt uchun toʻlovlar amalga oshirildi,
    • 389 obyekt boʻyicha esa mahalliy Kengashlar qaror chiqardi.

    Mazkur tizim fuqarolarning mulkiy huquqlarini qonuniy asosda tan olish, ularni barqaror yashash, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish va kredit olish imkoniyatlari bilan taʼminlashga xizmat qiladi.