Seminar avvalida davlat boshqaruvi, kadrlar siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taʼkidlab oʻtildi.
Shundan soʻng, Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali amalga oshirilgan ishlar, tanlovlarni tashkil etishning huquqiy asoslari, bosqichlari hamda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar haqida tushuncha berildi.
Endilikda tanlovlarning suhbat bosqichi “Random”(inson omili minimallashgan, kompyuter texnologiyasi yordamida tasodifiy savol tanlash) dasturi orqali oʻtkazilishi haqida maʼlum qilindi.