Qaror loyihasida taʼkidlanganidek, professional taʼlim muassasalarida dual taʼlim shaklini joriy qilish imkoniyati kengaytiriladi va taʼlim jarayonlari bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi.

Dual taʼlim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional taʼlim muassasasiga har yili 50 mln. soʻmdan mablagʻ ajratiladi.

Professional taʼlim muassasasi oʻquv-amaliyoti jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) sotishi mumkin.

Professional taʼlim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi.