Mazkur Qonunda sug'urta bozorining professional ishtirokchilari (sug'urta tashkilotlari, sug'urta brokerlari, adjasterlar, assistanslar, aktuariylar, syurveyerlar) huquq va majburiyatlari aniq belgilanmoqda, deyiladi Senat.uz saytida e'lon qilingan xabarda.

Qolaversa, sug'urta shartnomalarini elektron tarzda internet orqali tuzish jarayoni qonun bilan mustahkamlanyapti.

Yana bir muhim jihatlardan biri, Qonun bilan endilikda, sug'urta shartnomalarining faqat davlat tilida tuzilishi belgilanmoqda.

Umuman olganda, qonun sohadagi ko'plab vazifalarni hal etishga qaratilmoqda. Jumladan, ushbu qonun bilan sug'urta bozori professional ishtirokchilari faoliyatini jonlantirish, shuningdek, umumiy sug'urta bozori professional ishtirokchilarining rolini oshirish orqali sug'urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish, sug'urta xizmatlari iste'molchilari va sug'urta faoliyatining boshqa subyektlari huquqlari himoyasini mustahkamlash, aholining bu boradagi savodxonligi va ishonchini oshirish, sug'urta bozorining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash kabi masalalar kamrab olingan.

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.