Qishning birinchi sovugʻi tushdi.
Davlat organlari bunga quyidagicha tayyorgarlik koʻrishdi: 100 ta podstansiya, 11,5 mingta transformator va 34 ming kilometr tarmoqlar yangilandi, 5 milliard kub metr kafolatli gaz manbalari hal qilindi.
Ayni paytda energetika sohasi 24 soatlik ish rejimiga oʻtkazilgan. Yuzaga kelgan texnik muammolarni zudlik bilan yechish uchun qariyb 7 ming 200 nafar xodimni oʻzida jamlagan 1 ming 691 ta brigada tunu kun har qanday vaziyatga shay.
Ammo har birimiz elektr va gazni tejab-tergab ishlatmasak, muammolar, avariyalar boʻlaveradi. Gaz-svet oʻchaveradi.
Barcha yurtdoshlarimizdan iltimos: belgilangan normadan oshiq energiya ishlatmang!
Qoʻni-qoʻshni, mahalla-koʻy, hamqishloq va hamshaharlaringiz haqida unutmang!