Energetika vaziri Alisher Sultonov aholi bilan birgalikda ishlashni taklif qildi

    Energetika 20 Yanvar 2021 437

    19 yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Energetika vaziri Alisher Sultonov kelgusi 10 kunlik mobaynida havo harorati keskin tushib ketishi haqida ogohlantirdi.

    «Ushbu haftaning oxiriga kelib, O‘zbekistonda sovuq ob-havoning yangi to‘lqini noldan past haroratgacha tushishi kutilmoqda. Biz vaziyatdan yaxshi xabardormiz, mummolarni yengillashtirish, uy-joylar va ish joylarining barqaror energiya va gaz bilan ta’minlashga erishish uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilgan», — dedi vazir.

    Shu bois 20 yanvardan 1 fevralgacha iste’molchilarga 2,3 mlrd kVt soat elektr energiyasi, 1,1 mlrd metr kub tabiiy gaz, 19,2 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilishi aytildi. Hozirda 8,2 ming tonna suyultirilgan gaz va 28 ming dona gaz ballonlari zaxiralari tayyorlab qo‘yilgan.

    Ko‘mir omborlarida 156,6 ming tonna ko‘mir va briket zaxirasi mavjud. Aholiga kuniga 4 ming tonna ko‘mir yetkazilmoqda.

    Bunga qo‘shimcha ravishda, «Avvallari ham qishga tayyorgarlik ko‘rganimizda uyimizni, ish joyimizni, bog‘cha va maktablarni isitishni o‘ylardik. Derazalar yaxshi yopilyaptimi, shamol kirmayaptimi, eshiklar yopiladimi, eshiklarni isitishni ham o‘ylardik. Bugungi kunda juda ham ko‘p vaziyatlar kuzatilyapti, nostandart moslamalar ishlatilganda ko‘p energiyamiz ko‘chani isitishga ketyapti. Bunday holatda ishlab chiqarishni ko‘paytirsak ham hech qachon gazni ham, elektrni ham yetkazib berolmaymiz. Shuning uchun, hurmatli iste’molchilar, shu yo‘nalishda birgalikda ishlashni men sizlardan iltimos qilardim», — dedi Alisher Sultonov.