Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, tabiiy gaz uchun belgilangan tariflar oʻzgarishsiz qoldi. Toʻlovlar avvalgidek tartibda amalga oshiriladi. Biroq 1-martdan boshlab isitish mavsumi yakunlanishi munosabati bilan «bazaviy meʼyor« miqdori oʻzgardi.
Vazirlar Mahkamosining 204-sonli qaroriga asosan, tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha meʼyorlar mavsumiy xarakterga ega:
- Noyabr — Fevral (Qish mavsumi): Bazaviy meʼyor oyiga 500 kub metrgacha etib belgilangan edi.
- Mart — Oktyabr: Bazaviy meʼyor oyiga 100 kub metrgacha etib belgilanadi.
Eslatma: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun qish mavsumi (500 kub metrlik meʼyor) oktyabr oyidan fevral oyigacha davom etadi.
Prezident qaroriga asosan, kam taʼminlangan oilalarga ishlatilgan energiya resurslari uchun davlat tomonidan kompensatsiya toʻlab boriladi:
Elektr energiyasi uchun: Bazaviy meʼyordan ortgan (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha boʻlgan qismi uchun.
Tabiiy gaz uchun: Qish mavsumida: 250 kub metrgacha;
Yilning qolgan davrida: 150 kub metrgacha bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan qismi uchun.
Muhim: Agar ilgari kompensatsiya faqat qish mavsumida berilgan boʻlsa, endilikda u yil davomida har oyda taqdim etiladi.