Ushbu zaryadlash qurilmasida bir vaqtning oʻzida 2 ta elektromobilni 50-80 foiz zaryadlash uchun 25-30 daqiqa sarflanadi. Bu esa, oddiy zaryadlash stansiyalardan 20 barobar tezkordir.
Ahamiyatlisi, ushbu zaryadlash stansiyasi Energetika vazirligi binosining tom qismida ishga tushirilgan quyosh fotoelektr stansiyasi orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni quvvatlaydi.
Eslatib oʻtamiz, Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilmalarni yaratish va rivojlantirish loyihasi amalga oshirilayotir, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati.