14-iyul kuni “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Unga koʻra, “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun 11¹,11²,11³-moddalar bilan toʻldirildi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Energetika vazirligi energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Shuningdek, Qonun bilan energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat tekshiruvi va nazorati organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilab berildi.
Oʻz hududi doirasida energiyadan oqilona foydalanishni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarni va loyihalarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining bu sohadagi asosiy vakolatlaridan biri etib belgilandi.