Shu munosabat bilan, tabiiy gaz taqsimotini muvozanatlashtirish boʻyicha maxsus vaqtinchalik choralar koʻrilmoqda. Bu esa, uylar, xonadonlar, maktablar, bolalar bogʻchalari va shifoxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash imkonini beradi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning amaldagi shartnomalarida kuz-qish davrida gaz yetkazib berishga cheklovlar kiritilishi koʻzda tutilgan boʻlib, shuning uchun ham ular muqobil yonilgʻi manbalariga ega boʻlishlari kerak.
Qisqa muddatlarda kuz-qish mavsumida muqobil yoqilgʻi turlaridan foydalanishni amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Shu munosabat bilan 2020-yilning 1-noyabridan joriy etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran, kafe) uchun tabiiy gazdan foydalanishga doir cheklovlar tabiiy gaz sotib olish boʻyicha shartnomalarda koʻzda tutilgan zarur chora hisoblanadi.
‼️Oldinda yilning sovuq mavsumi turibdi, shuning uchun tabiiy gaz taʼminoti uzilishlarsiz va kerakli hajmda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari, shifoxonalar va taʼlim muassasalariga yetkazib berilishi kerak, deyiladi xabarda.