Hujjatni energetika vazirining oʻrinbosari Sherzod Xodjayev va “Assystem Engineering and Operation Services” kompaniyasining bosh direktori Stefan Obarbye imzoladi.
Mazkur memorandumni imzolashdan maqsad qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida strategik sheriklikni kengaytirish salohiyatini oʻrganishdir.
Tomonlarning hamkorligi quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
- qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shu jumladan quyosh, shamol va vodorod boʻyicha loyihalarni boshqarish, muhandislik dizayni va konsalting;
- energiya saqlash tizimlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash.
Hamkorlik Oʻzbekiston energetika sohasini energiyadan foydalanishning yangi yoʻnalishlarida va dekarbonizatsiyaga oʻtishda qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati