Bu xaqda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bank delegatsiyasiga Rothschild & Co direktorlar kengashi aʼzosi Baronessa Ariyel de Malard de Rotshild boshchilik qiladi.

Shartnomaga koʻra, xalqaro investitsiya banki – Rothschild & Cie and N.M. Rothschild & Sons Limited respublikada energetika sohasidagi istiqbolli loyihalarni tahlil qilish, moliyalashtirish, kreditlash va energetika loyihalarida bevosita ishtirok etish orqali potensial investorlarni aniqlash va jalb qilish boʻyicha strategik maslahatchi sifatida faoliyat olib boradi.

Rothschild & Co delegatsiyasining Toshkentga tashrifi davomida tomonlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish shartlari boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi.