Joriy yil 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi va unda Rossiyadan Oʻzbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Imzolangan “Yoʻl xarita”ga muvofiq tomonlar oʻrtasida tuzilgan Ishchi guruh Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi “Oʻrta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan texnik chora-tadbirlarni va oʻrganish kelishib olindi.
Ishchi guruh texnik jihatdan barcha ishlarni yakunlagandan soʻng, tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha asosiy shartlar muhokama qilinadi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, olib borilgan muzokaralar hamda “Yoʻl xaritasi”da Oʻzbekiston Respublikasining mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini toʻliq saqlagan holda (boshqaruv huquqini toʻliq saqlagan holda) ichki bozorga tabiiy gaz zarur miqdorlarda yetkazib berish maqsad qilingan. Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yoʻq.
Kelgusida ushbu yoʻnalishdagi barcha ishlar Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini toʻliq himoya qilgan holda amalga oshirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravishda jamoatchilikka maʼlum qilib boriladi.