Tomonlar hamkorlikning dolzarb va istiqboldagi masalalari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi konlarida gaz qazib chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni muhokama qilib, energetika sohasidagi hamkorlikning rivojlanayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Gazprom EP International” kompaniyasi tomonidan imzolangan “Jel koni boʻyicha mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim” doirasida izchil rivojlanmoqda.

Muzokaralar chogʻida A.Sultanov va A.Miller Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va “Gazprom” OAJ oʻrtasida imzolanishi rejalashtirilgan Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildilar, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Taʼkidlash kerakki, 2017-yilda Energetika vazirligi tizimidagi “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Gazprom” OAJ oʻrtasida strategik hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. 2018-yil may oyida “Oʻzbekneftgaz” va “Gazprom” oʻrtasida “Shaxpaxti” konini yanada rivojlantirish boʻyicha Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimga 2-sonli qoʻshimcha kelishuv imzolangan edi. Hujjatda 2024-yilga qadar gaz qazib chiqarishni davom ettirish nazarda tutilgan.

“Gazprom”ning Oʻzbekistondagi manfaatlarini “Gazprom EP International B.V.” – “Gazprom” OAJ kompaniyasining uglevodorod konlarini izlash va rivojlantirish sohasidagi xorijiy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ixtisoslashgan kompaniyasi hisoblanadi.