Energetika vazirligi «Yoshlik energiyasi» xalqaro forumi o‘tkazadi

    Keyingi avlod 1 Aprel 2021 936

    O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan 2021-yil 19-23-may kunlari yoqilg‘i-energetika kompleksining birinchi yoshlar Forumi o‘tkaziladi.

    Joriy yil 27-fevralda Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida Energetika vaziri Alisher Sultonov tomonidan yoqilg‘i-energetika sohasidagi yoshlar bilan ochiq-muloqot uchrashuvida ushbu tashabbusga ko‘rsatma berildi.

    Suhbat chog‘ida yosh mutaxassislar va talabalar yoqilg‘i-energetika sohasida faoliyat yuritayotgan bo‘lajak mutaxassislar va yoshlar o‘rtasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba, tashabbus, fikr almashishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar bilan chiqdi. Ushbu takliflarga muvofiq, Energetika vaziri yoshlar forumi va boshqa tadbirlarni tashkil etish, ijodkor va maqsadli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni o‘tkazishga topshiriq berdi.

    «Yoshlik energiyasi» xalqaro forumida – Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlarining yoshlari ishtirok etadilar.

    Bu yil Energetika vazirligi ilk bor energetika tizimidagi aksiyadorlik jamiyatlari va tashkilotlari vakillari – turli kasb va ijtimoiy faoliyat bo‘yicha eng iste'dodli va faol yoshlar delegatsiyalarini qabul qiladi. Forum ishtirokchilarining umumiy soni 500 nafardan tashkil qilib, jumladan, yoqilg‘i-energetika yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etadi.

    Forum ijtimoiy faol, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning professional va ijodiy vakolatlarini takomillashtirish, energetika tizimi kompaniyalari va tashkilotlari, xorijiy kompaniyalar va kasaba uyushmalarining faol yoshlari o‘rtasida hamkorlikni tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkaziladi.

    Mamlakat energetika sohasining rivojlanishi, soha yoshlarining sa’y-harakatlari va muvaffaqiyatlariga ham bog‘liq. Forumning asosiy g‘oyasi «Barkamol yoshlar – yurt tayanchi!» shiori bilan belgilanadi. Uni amalga oshirish doirasida yoshlarga «Karera», «Shaxsiy o‘sish va o‘z-o‘zini rivojlantirish», «etakchilik», «Ijtimoiy faollik» va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mahorat darslari taklif etiladi.

    Forum ishtirokchilari Energetika vazirligida yoshlar bilan ishlashning asosiy xususiyatlari bilan tanishish va o‘z tashkilotlarining yoshlar siyosati sohasidagi faoliyatini taqdim etish imkoniga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, Forum doirasida yoshlar uchun Qashqadaryo viloyatining neft-gaz va energetika ob’ektlariga ekskursiyalar o‘tkaziladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.