“Huawei” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi va aqlli qurilmalari sohasida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlarida vakolatxonalari mavjud boʻlib, unda 200 000 dan ortiq xodimlar ishlaydi. “Fortune Global” reytingida 96-oʻrin va tadqiqot hamda ishlanmalarga eng koʻp sarmoya kiritadigan kompaniyalar reytingida esa 2-oʻrinni egallaydi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, xodimlarning yarmi (54,8%) tadqiqot va ishlanmalar bilan shugʻullanadi.

Kompaniya 1999-yildan buyon Oʻzbekistonda vakolatxonasiga ega boʻlib, axborot tarqatish va uzatish tarmoqlari bozor ulushining qariyb 70 foizini tashkil etadi.

Uchrashuvda xorijiy tomon iqtisodiy va barqaror rivojlanish, energiya xavfsizligi, yashil past uglerod siyosatini oʻzida mujassam etgan yangi texnologik yechimlarni taqdim etdi. Xususan, burgʻulash maydonchalarida sunʼiy intellektdan foydalangan holda videotasvirlarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlgan Intellektual terminallar, atmosferaga zararli chiqindilarni kam chiqaradigan stansiyalarni yaratishga imkon beradigan, shuningdek neft va gaz konlari uchun raqamli qazib olish, tashish, qayta ishlash texnologiyalari, neft va gazni sotish boʻyicha yagona raqamli platforma taqdim etildi.

Neft-gaz sanoatini ishlab chiqarishdan yakuniy isteʼmolchiga yetkazib berishgacha boʻlgan jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish, elektromobillarni jamlash uchun elektr quvvatlantirish stansiyalari, shuningdek, karbonat angidrid chiqindilarini sertifikatlash mexanizmlari tizimini joriy etish masalalarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqish taklif etildi.

Uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi, ular uchun yuqoridagi masalalarni amalga oshirish boʻyicha qoʻshma ishchi guruh tuziladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.