Uchrashuvda Energetika vazirligi masʼullari hamda AFDning Gender, ekologiya va ijtimoiy masalalar boʻyicha Yevroosiyo mintaqaviy rahbari – Matilda Kamyu, AFDning Oʻzbekistondagi loyiha xodimlari Antuan Shavaleu va Loriana Goin ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, “Fransiya taraqqiyot agentligining Oʻzbekiston energetika sektorida gender tenglik boʻyicha texnik koʻmaklashish dasturi” doirasida Oʻzbekiston Energetika tarmogʻida gender tenglik masalalari boʻyicha kuzatuvlar olib borildi. AFD va Energetika vazirligi hamkorligida tizimdagi aksiyadorlik jamiyatlari va tashkilotlarda gender tenglik masalalariga bagʻishlangan uchrashuv va seminarlar oʻtkazilib, oʻrganishlar olib borildi.

Matilda Kamyu tomonidan oʻtkazilgan taqdimotda energetika sohasida gender tenglik boʻyicha dolzarb muammolar, kasbiy malakalar va boshqa masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi va amalga oshirilishi kerak boʻlgan masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.