Yigʻilishda Oʻzbekiston energetika vaziri J.Mirzamahmudov, “Golden Horizon” kompaniyasi prezidenti Vihak Barri, “TransAtlantic Petroleum” kompaniyasi vitse-prezidenti Selami Uras va boshqalar ishtirok etdi.
Muzokaralar chogʻida Doyaxotin, Kulbeshkak, Xojiqazgʻon, Savatli va Jayhun kabi 5 ta gaz konlarining 3D/4D seysmik tadqiqotlari orqali ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, bosimni ushlab turish texnologiyalarini joriy etish va gaz konlarining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga qaratilgan loyihani amalga oshirishni jadallashtirish imkoniyatlari va boshqa yoʻnalishlar muhokama etildi.
Qayd etilganidek, “TransAtlantic Petroleum” 1980-yilda xususiy energetika kompaniyasi sifatida tashkil etilgan boʻlib, neft va gaz konlarini qidirish, oʻzlashtirish va optimallashtirishga ixtisoslashgan.
“Golden Horizon” portfeliga (1987-yilda asos solingan) xususan Turkiyaning Istanbul shahridan shimoli-gʻarbiy Frakiya havzasidagi yer usti gaz konlarini burgʻulash va oʻzlashtirish, Norvegiyaning “Statoil” (Equinor) kompaniyasi tomonidan Niderlandiya, Avstriya va Fransiya konlarni oʻzlashtirish, 3D seysmik oʻrganishga qaratilgan loyihalar kiradi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha loyihani kelgusida amalga oshirish uchun tijorat shartlarini tayyorlash boʻyicha ishchi guruh tuzish, soʻngra uni belgilangan tartibda tasdiqlash toʻgʻrisida kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.