Bu haqda Özenergoinspeksiya tomonidan qiş mavsumini betalofat ötkaziş va yoqilği-energetika sohasidagi davlat nazorati natijalariga bağişlab ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Inspeksiya boşliği Ahadxon Isoqjonovning taʼkidlaşiça, aniqlangan qoidabuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga jami 900,3 mlrd söm zarar yetkazilgan. Jumladan, 144,3 mln kub metr tabiiy gaz va 243,1 mln kVt·soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari qayd etilgan.
Energiya resurslaridan foydalaniş qoidalarini buzganlik böyiça 4 629 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari va korxonalarda ötkazilgan tekşiruvlar davomida 330 ta holatda jami 7 828,3 tonna sifatsiz neft mahsulotining sotuvga çiqarilişi oldi olingan.
Elektr tarmoqlarida ham qator qoidabuzarliklar aniqlangan. Jumladan, energetika tizimi korxonalarida işlarning xavfsiz taşkil etilişini örganiş maqsadida 366 ta tekşiruv ötkazilgan. Kamçiliklar sababli 168 ta brigadaning işi töxtatilgan, 121 nafar masʼul xodimga intizomiy jazo qöllanilgan.
Matbuot anjumanida isteʼmolçilar va tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiliş böyiça işlar ham maʼlum qilindi. Xususan, 283 ta tadbirkorlik subyektiga elektr energiyasi uçun ortiqça hisoblangan 5 mlrd 321 mln söm hamda tabiiy gaz uçun ortiqça hisoblangan 19 mlrd 84 mln söm qayta hisob-kitob qilingan.
Majburiy energetik audit ötkazilişi belgilangan 299 ta isteʼmolçining 213 tasida audit töliq yakunlangan. Ularning xulosalari asosida energiya resurslarini tejaşga qaratilgan 1 840 ta çora-tadbir işlab çiqilgan.
Uşbu çora-tadbirlar amalga oşirilişi natijasida 208 mln kVt·soat elektr energiyasi, 125 mln kub metr tabiiy gaz, 1 143 ming Gkal issiqlik energiyasi hamda 22 ming tonna neft mahsulotini tejaş kutilmoqda.
Bundan taşqari, 3 854 ta isteʼmolçida reaktiv energiyani kompensatsiya qiliş qurilmalari örnatilişi taʼminlangan. Buning natijasida 28,2 mln kVt·soat elektr energiyasi tejalgan.
Matbuot anjumanida qiş mavsumini betalofat ötkaziş, energiya resurslaridan oqilona va xavfsiz foydalaniş hamda isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş masalalari yuzasidan jurnalistlarning savollariga javob berildi.