Xususan, Departamentning Dangʻara tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “E.Sh.” va “X.Q.” xususiy korxonalari masʼul shaxslari umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 380,1 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati fosh etildi.
Shuningdek, Peshku tumanida yashovchi fuqaro O.R. tomonidan ham shunga oʻxshash holat kuzatilgan. U “Ibn Sino” mahallasidagi xonadonida tabiiy gaz tarmogʻiga ruxsatsiz ulanib, 155,2 million soʻmlik gazdan foydalangan.
Oltinsoy tumanida esa “A.Sh.” fermer xoʻjaligi ijarachisi M.H. suv nasosi qurilmasi uchun elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanish orqali 118,8 million soʻmlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlangan.
Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.