Energiya tejovchi texnologiyalar yordamida 15,3 mln.kVt.soat elektr energiyasini tejaldi

    Energetika 15 Iyul 2021 487

    “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona hududiy boʻlimi tomonidan viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan yirik sanoat korxonalari va tashkilotlarining energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish boʻyicha muntazam ravishda tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilmoqda.

    2021-yil birinchi yarim yilligi davomida Fargʻona viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan 62 ta yirik sanoat korxonalari va tashkilotlari tomonidan elektr energiyasini iqtisod qilishning 142 ta banddan iborat tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirilishi hisobiga jami 15,3 mln.kVt.soat elektr energiyasini iqtisod qilishiga erishilgan. Shundan, 153,3 ming.kVt.soat iqtisod qilingan elektr energiyasi 26 ta banddan iborat qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish hisobiga toʻgʻri keladi.

    Energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etgan sanoat korxonalar jumlasiga “Fargʻonaazot” AJ, “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ, “Qoʻqon don mahsulotlari” AJ, “Bagʻdod don mahsulotlari” AJ, Fargʻona Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi, “Uzsungwoo” MCHJ, “Qoʻqon Biokimyo” AJ, “Avtooyna” MCHJ, “Hamza Expo Art Tekstil” xususiy korxonasi hamda “Fargʻona charm polimer” MCHJlarni keltirish mumkin.

    “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona hududiy boʻlimi tomonidan sanoat korxonalari va tashkilotlarining energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish boʻyicha tushuntirish va targʻibot ishlari muntazam olib borilmoqda, deya xabar beradi “Oʻzenergoinspeksiya” Matbuot xizmati.