Bu Haqda“o’zbekenergotaʼmir” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda. Unga ko’ra, kuni kecha “o’zeltexsanoat” uyushmasi ishchi guruhi vakillari tomonidan jamiyatning mazkur yo’nalishdagi loyihalashtirish ishlari o’rganildi.
Unga asosan, “o’zbekenergotaʼmir” AJ quyosh suv isitkichlari yo’nalishi bo’yicha Vazirlar Mahkamasining 2022-yil sentyabrdagi 518-qaroriga muvofiq tashkil etilgan “alohida sahifa”ga kiritishga tavsiya etildi. Shu tariqa korxona “alohida sahifa” orqali mahalliylashtirilgan mahsulotlar to’g’risidagi maʼlumotlarni joylashtirish va tenderlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ldi.
— Taʼkidlash zarurki, korxonamizda energotejamkor mahsulotlar ishlab chiqarish va o’rnatish bo’yicha texnologik imkoniyatlar, quvvat va tajriba, shuningdek, malakali mutaxassislar yetarli, — deydi ishlab chiqarish bazasi boshlig’i Ilhom Xudoyqulov. — Shuningdek, mahsulotlarimizga sifatli hamda kafolatlangan texnik xizmat ko’rsatish tizimimiz mavjud. Maqsadimiz, yashil energetika ulushini oshirish orqali iqtisodiyotimiz rivojiga, tabiiy resurslar tejamkorligiga hissa qo’shishdan iborat.
Qayd etish kerakki, “o’zbekenergotaʼmir” Ajda mahalliylashtirish davlat dasturi asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Korxonaning ishlab chiqarish bazasida import o’rnini bosuvchi ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Xususan, korxona tomonidan yuqori bosimli bir va ikki pog’onali spirallar, isitish sathi zmeyeviklari, prizonli murvatlar, qozon isitish yuzalarining elementlari —konvektiv bug’ isitish paketlari, suv ekonomayzer paketlari ishlab chikarilib, mamlakatimiz issiqlik elektr stansiyalariga buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.