2023 yil 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqada 50 dan ortiq xususiy va davlat sog‘liqni saqlash tashkilotlari jamoalari qatnashishi mo‘ljallangan.
Ishtirokchilarga tibbiyotning 7 ta yo‘nalishiga oid savollar beriladi.
Ko‘p to‘g‘ri javob bergan jamoa “O‘zbekistonning eng intellektual sog‘liqni saqlash tashkiloti” deb topilib, maxsus g‘oliblik kubogi bilan taqdirlanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu tadbir tibbiyot xodimlari va rahbarlarining intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ular o‘rtasida do‘stona aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.