Statistik ma'lumotlarga ko'ra, har yili norovirus yuz millionlab oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarini, shuningdek, kamida 50 000 bolaning o'limini keltirib chiqaradi, ammo unga qarshi kurashishning samarali usullari mavjud emas. Bu laboratoriyada patogenni o'rganish qiyinligi bilan bog'liq bo'lib, bu vaksina va dori vositalarini yaratishga to'sqinlik qildi. Endi tadqiqotchilar rotavirus preparatlari kombinatsiyasiga asoslangan virusga qarshi vaksina ishlab chiqishga imkon beruvchi usulni topishdi.

Mutaxassislar texnik murakkabliklarni bartaraf etish uchun rotavirus modelidan foydalanishni taklif qilishdi. Tadqiqotchilar rotavirusning laboratoriya shtammi genomiga norovirusning tashqi yuzasini tashkil etuvchi oqsil genini kiritishdi. Keyin o'zgartirilgan rotavirus immuniteti zaif yosh sichqonlarga ularning og'izi orqali yuborildi. To'rt, olti va sakkiz haftadan so'ng ularning qon va najas namunalari olindi. Dastlabki emlashdan to'qqiz hafta o'tgach, sinovda ishtirok etgan sichqonlarga inyeksiya orqali kuchli doza yuborildi va bir haftadan so'ng yana namunalar olindi.

Qonda antitanachalarning kuchli reaksiyasi 11 sichqondan 9 tasida, ichakda esa ularning barchasida kuzatildi. Shu bilan birga, qon va ichakdagi ba'zi antitanachalar inson ichaklarida rotavirus va norovirusni zararsizlantirdi, deb xabar beradi lenta.ru.