Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 546,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi oʻsish 104,6 foizni tashkil etdi.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish 2021-yilning:
- yanvar oyida 93,9 ming tonna (oʻsish surʼati 100,3 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 185,3 ming tonna (97,4 foiz);
- yanvar-mart oylarida 291,3 ming tonna (103,0 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 368,6 ming tonna (100,8 foiz);
- yanvar-may oylarida 456,2 ming tonna (103,4 foiz)ni tashkil etdi.
Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori ulushlar Buxoro viloyati 78,8 foiz, Fargʻona viloyati 21,1 foiz hamda 0,1 foiz bilan Qashqadaryo viloyati hissasiga toʻgʻri keldi.