Xitoyda quyosh energetikasining dunyodagi eng yirik obyekti qurilishi yakunlandi. 2,2 GVt quvvatga ega boʻlgan, quyosh elektr-stansiyasi Xitoyning shimoli-gʻarbiy Sinxay viloyatidagi choʻlda qurilgan. Majmua, mamlakatning shimoli-gʻarbiy hududlarini, aholisi zich boʻlgan, sharqiy viloyatlar bilan bogʻlaydigan, elektr-uzatish tarmoqlariga ulangan. Stansiya, quvvati 202,86 MVt boʻlgan energiya jamlovchi tizim bilan jihozlangan.
Foto-elektr stansiyasining qurilishi 2019-yil noyabrda boshlangan boʻlib, joriy yil sentyabrda oʻz yakuniga yetdi.
2019-yil yakunlariga koʻra, XXR quyosh energetikasining oʻrnatilgan quvvati 205 GVtni tashkil etgan, deb xabar beradi Sof energiya.