Joriy yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika komissiyasi ushbu tanlovlarning yangi tahrirdagi nizomini hamda komissiyaning yangilangan tarkibini tasdiqladi.
Ayni yilda ilk bor tanlovning hududiy bosqichlari ham alohida va yuqori saviyada tashkil etildi. Har bir hududdan bittadan tuman yoki shahar respublika bosqichida ishtirok etdi. Shuningdek, jami 30 ta vazirlik va idora oʻzaro bellashdi.
Tanlov natijalariga koʻra, “Eng namunaviy vazirlik va idora” nominatsiyasida:
- Bosh prokuratura — 1-oʻrin,
- Bojxona qoʻmitasi — 2-oʻrin,
- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” — 3-oʻrinni egalladi.
“Eng namunaviy tuman va shahar” tanlovida esa:
- Qamashi tumani (Qashqadaryo viloyati) — 1-oʻrin,
- Chilonzor tumani (Toshkent shahri) — 2-oʻrin,
- Vobkent shahri (Buxoro viloyati) va Baliqchi tumani (Andijon viloyati) — 3-oʻringa loyiq deb topildi.
Shuningdek, qator nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.
Barcha gʻolib va sovrindorlar samimiy tabriklandi. Ularning saʼy-harakatlari va ilgʻor tajribalari mamlakatimiz maʼnaviy-maʼrifiy hayotini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.








