Shartnomadagi oʻzaro kelishuvlar tufayli Oʻzbekistonda “Belarus” traktorlari (modifikatsiyaga qarab), 30-123 million soʻmga arzonroq narxga ega boʻldi.

“Belarus” traktorlari nafaqat oʻz vatanida, balki bizning mamlakatimizda, MDH, Markaziy va Janubiy Amerika, Markaziy Osiyo va dunyoning boshqa mamlakatlarida juda ham mashhur va yuqori talabga ega. Avvalo, bunday ishonch yuqori sifat va arzon narxlarning ideal nisbati tufayli yuzaga kelgan.

“Belarus” traktorlari, ularni koʻplab qoʻshimchalar bilan (jami 230 ta) va boshqa ishlab chiqaruvchilarning uskunalari bilan toʻliq jihozlangan komplektatsiyalaridan foydalanishga imkon beradi. Bu, nafaqat yirik agrosanoat majmualarida funksional maxsus uskunalarni, balki kichik fermer xoʻjaliklari uchun dala ishlarida almashtirib boʻlmaydigan yordamchiga ega boʻlish imkoniyatini yaratadi.

Yetib kelgan traktorlar partiyasi Minsk traktor zavodining 75 yilligi arafasida ishlab chiqarilgan boʻlib, ular ishlab chiqarish yili tushirilgan maxsus logotiplarga ega.