Axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspert Andrey Slobodchikov "Praym" agentligiga bergan intervyusida WhatsApp eng xavfli messenjer ekanligini aytdi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, muhim zaifliklar ko‘pincha WhatsAppda aniqlanadi.

“Masalan, yaqinda WhatsAppda 10tadan mos ravishda 9,8 va 7,8 kritiklik darajalari berilgan ikkita zaiflik aniqlandi, bu qurilmada o‘zboshimchalik bilan kodni ishlatish va undan cheksiz foydalanish imkonini berdi”, — dedi mutaxassis.

Birinchi holda, buzg‘unchi qurilma foydalanuvchisi bilan videoqo‘ng‘iroqni boshlashi, ikkinchi holda esa qurilmaga yuklab olingan videoni zararli kod bilan yuborishi kifoya qildi. Shuningdek, uncha mashhur bo‘lmagan messenjerlarda ham kattaroq zaifliklar uchrashi mumkin, dedi Slobodchikov.

“Shuni yaxshi bilish kerakki, shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishining sababi ko‘pincha messenjerlarning zaifligida emas, balki foydalanuvchilarning raqamli savodsizligidadir. Ko‘pincha odamlar ilovalarni yangilashni unutishadi, bu esa ma’lumotlar sizib chiqish ehtimolini oshiradi va qurilmaning xavfsizligini pasaytiradi”, — deya ta’kidladi ekspert.