Eng yaxshi roman uchun beriladigan Gonkur mukofotining 2023-yilgi g'olibi nomi e'lon qilindi

    2023-yilgi Gonkur mukofotiga fransuz yozuvchisi Jan-Batist Andrea loyiq ko'rildi.

    Adabiyot sohasidagi eng nufuzli mukofot natijalarini e'lon qilish marosimi an'anaga ko'ra Parij restoranlaridan birida bo'lib o'tdi.

    Yozuvchi “Unga qarab turish” romani uchun ana shunday nufuzli mukofotga sazovor bo'ldi. Unda Italiyada fashizm hukm surgan davridagi sevgi hikoyasi tasvirlangan.

    Jan-Batist Andrea 52 yoshda, rejissyor. U adabiy ijod bilan 46 yoshidan boshlab shug'ullana boshlagan. Uning “Mening malikam”, “Iblis va avliyolar” romanlari ham turli mukofotlarga sazovor bo'lgan. Kino olamida yozuvchi “Boshi berk” va “To'liq muvaffaqiyatsizlik” filmlarining muallifi sifatida shuhrat qozondi.

    Gonkur mukofoti uchun Erik Reynxardt, Gaspar Kenig va Nej Sinno kurash olib borishdi. O'tgan yili nufuzli mukofot frantsuz yozuvchisi Brijit Jiroga “Tez yashash” romani uchun berilgan edi.

    ​​Gonkur mukofoti yuz yildan ortiq vaqtdan beri mavjud. U fransuz tilidagi eng yaxshi roman uchun beriladi. Mukofot fransuz mumtoz yozuvchilari – aka-uka Gonkurlar: Edmon Lui Antuan va Jyul Alfred Yuo sharafiga ana shunday nomlangan, deb xabar beradi mir24.tv.