Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari v.v.b Sh.Rahimjonov va kommunal sohaga masʼul tizimlar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Toshkentdagi elektr tarmoqlari tizimida energo audit oʻtkazish masalasi muhokama etildi.
Baxtiyor Rahmonov 2022-2023-yil qishda, ayniqsa, yanvar oyida kuzatilgan anomal sovuq kommunal tizimlarda qator muammolarni keltirib chiqarganini aytib, mintaqamizda qish sovuq kelishi qatorida yoz juda issiq boʻlishiga eʼtibor qaratdi. Shuningdek, kommunal tizimlar noqulay ob-havo sharoitida uzilishlarsiz ishlashga tayyor boʻlishi muhimligini taʼkidlab, bu borada tizimli ishlar olib borilayotgani, xususan, baʼzi joylarga qoʻshimcha gaz quvurlarini tortish, qoʻshimcha nim stansiyalarni qurish va elektr kabellarini oʻtkazish rejalashtirilganligini aytib oʻtdi.
Mering Engineeringning energo audit boʻyicha katta tajribasini taʼkidlab, avvalo, poytaxtimizning elektr energiyasi taʼminotida koʻp uzilishlar kuzatilgan Chilonzor, Uchtepa va Shayxontohur tumanlaridagi elektr tizimida energo audit oʻtkazishda, shu bilan birga shu yoʻnalishdagi boshqa ishlarda hamkorlik yuzasidan taklif bildirdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.