Unda Agentlik boshligʻi A.Irmatov, Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining Oʻzbekiston Respublikasidagi “EPS” markazi rahbari Kvon Taekyom va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Koreya Respublikasi tomonidan berilgan xatga asosan, 2022-yil 1-apreldan boshlab xorijiy mamlakatlardan Koreya Respublikasiga kirib borgan ishchilar uchun karantinda boʻlish muddati 7 kundan 3 kungacha qisqarishi hamda vaziyatga qarab karantinda boʻlishdan ozod etilishi mumkinligi taʼkidlandi.
2022-yil 1-apreldan boshlab Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan vaksinalardan (Pfizer, Moderna, AstraZeneca, Sinovac) birining ikkinchi dozasini olgandan soʻng 180 kun muddat oʻtgan fuqarolar vaksinaning uchinchi dozasi bilan yashash manzillarida joylashgan tibbiyot muassasalarida emlanishi talab etiladi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.