Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddma firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.A fuqaro E.M.ning ishonchiga kirib, oʻzini goʻyoki Kadastrlar palatasi shahar boʻlimi xodimi deb tanishtirib, unga “Qirguli” mavzesida joylashgan 120 metr kv yer maydonini somsaxona qurish uchun ajratib berish evaziga 10,1  mln soʻm va 200 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, shundan 300 ming soʻmini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.