Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Qarshi tumanida yashovchi fuqaro X.E. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, unga 40 mln soʻm evaziga Qarshi tuman hokimligi zaxirasidan 12 sotix yer maydonini hujjatlashtirib olib berishni vaʼda qilib, oldindan 5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.