Tadbirda fuqaro N.J. fuqaro X.G.ga Sayxunobod tumani, “Ittifoq” MFY hududida sport maydonchasi qurish uchun ajratilgan 18 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro B.ning ishonchiga kirib, X.G.ning xabardorligisiz 18 000 AQSH dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, shundan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.