Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.S. oʻzgalar mulkini qoʻlga kiritish maqsadida, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolar M. va O.ga Toshkent viloyatidan 27 sotix yer maydonini “Elektron onlayn auksion” orqali olib berishiga ishontirib, ularning jami 80 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.