Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Gʻallaorol tumani “O.” suv isteʼmolchilari uyushmasi raisi F.T. yer sotishga vakolati boʻlmasada fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga uyushma hududidan gʻallachilikka ixtisoslashgan 3 gektar suvli hamda 20 gektar lalmi yer maydonlarini firibgarlik yoʻli bilan sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 50 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.