Tadbirda fuqaro A.J. goʻyoki oʻzining kadastr agentligida ishlovchi tanishlari orqali 29 ming AQSH dollari evaziga fuqaro Sh.ning nomiga 40 sotix yer maydonini ajratish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.