Yer talon-toroj qilinishi bilan bogʻliq jinoyat fosh etildi

    Fermer xoʻjaligi rahbari oʻz ekin maydonining sugʻoriladigan qismida noqonuniy ravishda sunʼiy koʻl tashkil etib, davlat va jamiyat manfaatiga jiddiy zarar yetkazgan.

    Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilgan tekshirish davomida fermer xoʻjaligi rahbari I.B. tomonidan Bogʻot tuman hokimining qaroriga asosan oʻzi rahbarlik qilib kelayotgan “M.R” fermer xoʻjaligiga 46 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratilgan jami 29,8 gektar ekin yerining 7,3 gektar sugʻoriladigan qismida noqonuniy ravishda sunʼiy koʻl tashkil qilib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligiga yoʻl qoʻyib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd. 822 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.

    Mazkur holat yuzasidan I.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 197-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.