Bugungi kunda yer usti metro liniyalarini qurish, foydalanishga topshirish, topshirish oldi sinov jarayonlarini oʻtkazish oʻrganilgan xorij tajribasi natijalaridan kelib chiqib, shuningdek, sinov jarayonlarini oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan meʼyoriy texnik talablar asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur sinov jarayonlari joriy yilning 15-mart kuniga qadar oʻtkazilishi (davom ettirilishi) rejalashtirilgan.
Sinov jarayonlari yakunlangach, yer usti metro liniyasining “Turon” va “Qipchoq” bekatlarini oʻz ichiga olgan uchastkasi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan, deya xabar beradi Transport vazirligi axborot xizmati.