Qayd etilishicha, joriy yilning 16-iyun kuni soat 20:05lar atrofida yerusti halqa yoʻli yoʻnalishining 6 va 7-bekatlari oraligʻida joylashgan yoʻl chetidagi toʻsin tunukasining bir qismi kuchli shamol sababli oʻz oʻrnidan koʻchishi natijasida harakatlanib kelayotgan tarkibining tok qabul qilish moslamasiga tekkan. Natijada esa qisqa tutashuv sodir boʻlgan.
Shundan soʻng, mashinist harakat tarkibini toʻxtatib, harakatlanishga xavf soladigan holatlar yoʻqligini tekshirib, oʻz harakatini davom ettirgan.
Masʼul xodimlar holat yuzasidan joyiga borib oʻrganish ishlarini olib borishgan.