Yerda kuchsiz magnit bo'roni boshlandi

    Dushanba kuni ertalab geomagnit maydon buzilishlari besh darajaga yetdi, bu Yerda zaif magnit bo'roni boshlanganini ko'rsatadi.

    Bu haqda Fobos ob-havo markazining yetakchi mutaxassisi Mixail Leus o'zining Telegram-kanalida ma'lum qildi.

    “Kutilganidek, Moskva vaqti bilan soat 8:59 da Yerda magnit bo'roni boshlandi, geomagnit maydon buzilishlari darajasini aks ettiruvchi Kr indeksi 5 birlikka yetdi, bu G1 sinfidagi kuchsiz magnit bo'roniga to'g'ri keladi”, deyiladi xabarda.

    Ta'kidlanishicha, magnit bo'roni faqat seshanba kuni ertalab to'xtaydi, deb xabar beradi tass.ru.